“QOVOQ SAYLI”
Jamoaning bir dasturxon atrofiga jamuljam bo‘lishi va unga sababchi bo‘lgan musobaqaviy dastur yoxud bayram va sayllar insonga olam-olam xursandchilik baxsh etishini yaxshi bilamiz. Saylning ma’rifiy jihati talabalarning mavzu yuzasidan ko‘proq bilim olishi bilan ham xarakterlanadi. Qovoq sayliga yig‘ilganlar ana shu jihatlardan bebahra qolishmadi.
TIQXMMI “Gidromelioratsiya” fakultetida fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “QOVOQ SAYLI” bayrami tadbiri ishtirokchilar hayotida bir umrga unutilmas zavq-u shavq baxsh etganligini ta’kidlab o‘tishi o‘rinlidir.
Unda GM fakulteti dekani A.Fatxullaev, GM fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.To‘ychiev, “PP va O‘M” kafedrasi mudiri M.X.Baybaeva, PP va O‘M” kafedrasi assistenti N.Xoliqova, Yoshlar ittifoqi b.t. faollari, 75 nafar birinchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Mehmon sifatida TIQXMMI rektori O‘.P.Umurzakov, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor B.U.Xasanov, Nizomiy nomidagi TDPU “Ibn Sino salomatlik va ma’rifat” markazi rahbari S.O.Safarova, A.Navoiy nomidagi “O‘zbek tili va adabiyoti” universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.J.Xasanova, GIM fakulteti XQQ BT raisi M. Muxammadievalarning ishtiroklari barchani quvonchiga quvonch qo‘shdi.
“Qovoq sayli” bayrami 2017 yil 15 dekabr kuni G-binoning 3-ma’ruza zalida soat 1500 da boshlandi.
Bayram boshlovchisi K. Jumanazarova bayram mehmonlari, hay’at a’zolari va qatnashchilar bilan tanishtirib, bayramni ochish uchun “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani A.Fatxullaevga so‘z berdi. Dekan mehmonlar va talaba-yoshlarga bayramning mazmun — mohiyatini tanishtirib o‘tdilar.
So‘ng so‘z fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Madazizovaga berildi. U talabalarga kuz-qish mavsumi o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi, yilning bu paytida qovoq sabzavoti juda keng iste’mol qilinishi, uning sog‘liqqa foydali bo‘lgan tomonlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, uchala guruhning dastur bo‘yicha chiqishlari tomosha qilindi. Qovoq to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qovoqdan tayyorlangan taomlar namoyishi, devoriy gazeta va badiiy chiqishlar mehmonlar va talabalar tomonidan yaxshi qabul qilindi.
Kuz kunlari barchamizning xonadonimiz mehmoni qovoq bo‘ladi. Qovoq kletchatka (ichni yumshatuvchi modda)ga boy mahsulotdir. Shuning uchun ham u oshqozon devorini g‘azablantirmaydi. U muntazam iste’mol qilib turilsa, ich qotishidan xoli bo‘linadi. Ozish uchun ham qovoq foydali.
Qovoq sharbati siydik haydovchi xususiyatga ega bo‘lib, bo‘yrak va yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qovoq temir moddasiga boy. Qovoq sharbatini quyidagi holatlarda iste’mol qilsa bo‘ladi: uyqusizlik, semirish, shamollash, yurak-tomir kasalligi. Bayram so‘ngida hay’at raisi S.Safarova ballarni e’lon qilib, guruhlarning o‘rinlarini belgilab berdi. 1-o‘ringa Tefal, 2 ta 2-nchi o‘ringa choynak va diplomlar berildi.
Fakultet dekani A.Fatxullaev barcha qatnashchilarni qutlab, faxriy yorliq va esdalik uchun sovg‘alar tarqatdilar.
Bayram juda sermazmun va jozibali tarzda o‘tdi.
Fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisasi D.R.Madazizova axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov